Хабарлар
"SUVCHILAR MAKTABI"DA NAVBATDAGI SEMINAR O‘TKAZILDI
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va doktorantlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-5-son qarori asosida tashkil etilgan "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalariga qabul qilingan rahbar-hodimlarning malakasini muntazam oshirib borish maqsadida 2024-yilning 12-avgust kuni "Suvchilar maktabi"da navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.
PRESS-TUR ISHTIROKCHILARI SUG‘ORISH JARYOYONLARI BILAN TANISHISHDI
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024-йил 5-январдаги “Қуйи бўғинда сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш ҳамда сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-5-сонли қарори ижроси доирасида Пайариқ туманида пресс-тур ташкиллаштирилди
Jurnalist va OAV diqqatiga!
Samarqand viloyati Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi OAV xodimlari va blogerlarni press-turga taklif etadi!
Jurnalist va blogerlar diqqatiga!
Samarqand viloyati Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi OAV xodimlari va blogerlarni press-turga taklif etadi!
ПАХТАЧИДА ТОМЧИЛАТИБ СУҒОРИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
Zarafshon ITHB tomonidan Paxtachi tumani hududida faoliyat yuritayotgan “Oynus'ha Abdulla Usmon Hamro” fermer xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Zarafshon ITHB huzuridagi Oq-Qoradaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi "SMK" kanali 2-gidrouzelida Suv resurslari xisobi va gidrometriya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
SUV – TEKIN EMAS, UNDAN TEJAB FOYDALANISH LOZIM
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiobod-1” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish, iqtisod qilish, suv hisobini yuritish, suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yuzasida seminar tashkil qilindi.
SHVYEYSARIYA ELCHIXONASINING MISSIYASI SAMARQANDDA
Shveysariya elchixonasining missiya rahbari o‘rinbosari, hamkorlik bo‘limi rahbari Raxel Byosh xonim Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Yordamchi xo‘jalik – qo‘shimcha daromad
Jomboy tumani “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi tasarrufidagi “Mirza” kanalining “PK-135-00” piketidagi “Qirq” hamda “Majlov” suv taqsimlash inshootida boshqarmasi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
VAZIR O‘RINBOSARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiyev joriy yilning 2-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
SUV RESURSLARINI DISPETCHYERLIK XIZMATI ORQALI BOSHQARISH FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
27- iyun kuni Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida dispetcherlik xizmati faoliyati, suv resurslarini dispetcherlik xizmati orqali boshqarish bo‘yicha tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
SUV XISOBINI YURITISHDA ANIQLIK – BUGUNGI KUNING DOLZARB MASALADIR!
Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayevning “Suv xo‘jaligi xodimlari uchun suvni hisobini yuritish va suv xo‘jaligi obyektlari ma'lumotlar bazalarini shakllantirish imkonini beruvchi axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish grafigi” ishlab chiqilgan edi. Ushbu reja-grafikka ko‘ra, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida Zoom orqali o‘quv-seminari tashkil etildi.