DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SHVYEYSARIYA ELCHIXONASINING MISSIYASI SAMARQANDDA

Shveysariya elchixonasining missiya rahbari o‘rinbosari, hamkorlik bo‘limi rahbari Raxel Byosh xonim Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Ko‘zlangan maqsad suv, infratuzilma va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Shveysariya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan loyihalar doirasidagi ishlar bilan tanishishdir.

Mehmonlar dastlab, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi “Suvchilar maktabi”ning ofis va eksperimental ko‘rgazma maydonida bo‘ldilar. Bu yerda “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” va “Suvchilar maktabi” hamkorligida suv resurslaridan samarali foydalanish sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Mehmonlarga Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va “Suvchilar maktabi” ko‘rgazma maydonlarida o‘rnatilgan agrometeorologik stansiyalarning ishlashi va ulardan olingan ma'lumotlar monitoringi namoyish etildi.

Tadbirda suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiyev ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, shunday meteorologik stansiyalar O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Suvchilar maktabi” ko‘rgazma maydonlarida o‘rnatilgan. Shuningdek, “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” va “Suvchilar maktabi” o‘rtasidagi kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Raxel Byosh xonim va unga hamroh bo‘lganlar Samarqand shahridagi “Suvchilar maktabi” binosida ham bo‘lib, treninglarni kuzatdilar.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 08/07/2024 16:07;   Ko‘rilganligi: 778
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing