SUV XISOBINI YURITISHDA ANIQLIK – BUGUNGI KUNING DOLZARB MASALADIR!
Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayevning “Suv xo‘jaligi xodimlari uchun suvni hisobini yuritish va suv xo‘jaligi obyektlari ma'lumotlar bazalarini shakllantirish imkonini beruvchi axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish grafigi” ishlab chiqilgan edi. Ushbu reja-grafikka ko‘ra, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida Zoom orqali o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Respublika“Suvxo‘jaliknazorat” boshqarmasi boshlig‘i R.Raximov, Zarafshon ITHB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov, irrigatsiya tizim boshqarmasi va tuman irrigatsiya bo‘limi boshliqlari ishtirok etdilar.
– So‘ngi yillarda iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyo davlatlarida suv tanqisligi sezilarli darajada oshdi, – deydi Zarafshon ITHB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov – Bugungi kunda eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Ushbu muommo bizning mamlakatimizda ham kuzatilmoqda. Bu masalani yechimini topishda davlatimiz rahbari tomonidan bir qancha qaror hamda qonunlar chiqarilgan bo‘lib, bu borada mamlakatimizning har bir hudidida suvni aniq xisobini yurtish, suv tanqisligini oldini olish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi bugungi kuning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib turibdi.
Jumladan, o‘tkazilgan seminarda ishtirokchilarga suv xisobini aniq yuritish va uning ahamiyati bo‘yicha ma'ruzachilar tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, inspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan suv xisobini yuritishda, xatoliklarga yo‘l qo‘yish ma'muriy huquqbuzarlikka olib kelishi ta'kidlandi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2024 17:15; Ko‘rilganligi: 165