Yordamchi xo‘jalik faoliyati muhokama qilindi
“Yangi Qo‘rg‘on” kanali hududida joylashgan “Peshariq” suv bo‘lish nuqtasida suv xo‘jaligi obyektlarida yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar ishtirokchilari suvchilar uyida tashkil etilgan yordamchi xo‘jalik ishlari bilan tanishdilar.
Suvchilar uyida yashab kelayotgan Odil Shukurullayev bir necha yildan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanib keladi. Mazkur soha serdaromad soha ekanligini anglagan Odil aka yildan-yilga asalari oilalari sonini ko‘paytirib bormoqda.
– Uch yil oldin 3 ta asalari oilasi bilan faoliyatimni boshlagan edim, – deydi O.Shukurullayev. – Hozirda asalarilar oilasi 40 taga yetdi. Har bir asalari oilasidan 30-35 kilo asal olamiz. Bir mavsumda oila soniga qarab 350-400 kggacha asal olinadi. Yil sayin sohani sir-sinoatini o‘rganyapmiz. Shu soha boshini tutib kam bo‘lmadik. Kelajakda asalari oilalarini 1000taga yetkazib, faoliyatni kengaytirmoqchimiz.
Bu yerdagi yordamchi xo‘jalikda 4 bosh qoramol, 20 ta g‘oz hamda 20 ta o‘rdak boqilmoqda
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 29/05/2025 16:09; Ko‘rilganligi: 10