XOTIRA ABADIY- QADR YUKSAKDIR
"9 may-Xotira va Qadrlash kuni"* hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni, qadri baland nuroniylarimiz-urush va mehnat faxriylarini chin qalbimdan tabriklayman.
Hammamizga ayonki, inson xotirasi bilan muhtaramdir. Bugungi qutlug‘ ayyomda - Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan, urushdan keyingi mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatgan, Vatan ozodligi va tinchlikni saqlashdek sharafli ishda qahramonlik ko‘rsatgan xalqimiz farzandlarining jasorati hech qachon unutilmaydi.
Mustaqillik yillarida xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining mardonavor hayoti ham yuksak vatanparvarlik namunasidir. Biz ota-bobolarimiz, Sizning jasoratingizni xotirlab, bugungi tinchlik va osoyishtalikning qadri, birdamlik va ahillik, umuminsoniy qadriyat sanalmish xotiraning muqaddasligini yana bir bor anglab yetamiz.

Oxirgi o‘zgarish: 29/05/2025 17:09; Ko‘rilganligi: 12