DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

VAZIR O‘RINBOSARI JOMBOY TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiyev sohadagi mavjud muammolarni joyiga borib o‘rganish, suv iste'molchilarining murojaatlarini tinglash maqsadida Jomboy tumanida klaster, fermer va boshqa suv iste'molchilari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida asosan ekin maydonlarini sug‘orish, fermer xo‘jaliklarining ichki nasoslarida elektr energiya xarajatlari, ajratilgan limitlar, tomchilatib sug‘orish tizimida yuzaga kelayotgan muammolar hamda yer osti sizot suvlarini pasaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha jami 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 5 ta murojaat bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 29/05/2025 16:12;   Ko‘rilganligi: 11
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing