TOMCHILATIB SUG‘ORISHGA KATTA E'TIBOR QARATILMOQDA
Joriy yilning 13 iyun kuni Payariq tumani Halqobod xududidagi "Musobek chorva" MCHJ da tomchilatib sug‘orish va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekin ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bulib o‘tdi
Joriy yilning 13 iyun kuni Payariq tumani Halqobod xududidagi "Musobek chorva" MCHJ da tomchilatib sug‘orish va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekin ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bulib o‘tdi
Seminarda Zarafshon ITHB vakillari, viloyat Fermerlar kengashi raisi A. Rabbimov, fermerlar hamda sohaga aloqador mas'ullar ishtirok etishdi.
Sug‘orish paytida foydalaniladigan suv deyarli to‘liq hajmda ekinlarining ildiziga yetib boradi, — deydi Zarafshon ITHB birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov. — Suvdan foydalanish samaradorligi qariyib 90 foizga yetadi. Bunda sug‘orish uchun foydalaniladigan suv miqdori 2-5 baravar kamayadi. Bu O‘zbekiston uchun nihoyatda muhim masala emas-mi?! Ekin o‘sishi uchun zarur bo‘lgan suv va mineral moddalar sarfi optimal darajaga yetmoqda. Ekinlarning har qanday turi uchun qulay suv rejimi va qulay ozuqa muhiti yaratiladi. Yetishtirilgan ekinlarning sifati va hosildorligi 30 — 50 % ga ortadi. Ekinlar ancha erta yetiladi. Mineral o‘g‘itlarni xarid qilish xarajatlari kamayadi. Buning sababi ozuqaviy moddalarning bevosita ekinning ildiz tizimiga yetkazib berilishiga bog‘liqligida. Mineral o‘g‘itlarning tejalishi 30-40% ga oshadi
Shuningdek, seminar mobaynida Soliq kodeksi 428-moddasiga asosan, tomchilatib sug‘orish qo‘llaniladigan yerlar — tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan oyning boshidan e'tiboran besh yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinishi aytib o‘tildi.
Kiritilgan vaqti: 13/06/2024 14:34; Ko‘rilganligi: 320