DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bugun Ishtixon tumanida qishloq va suv sohasida yerlardan unumli foydalanish va suvni tejab ishlatish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Bugun Ishtixon tumanida qishloq va suv sohasida yerlardan unumli foydalanish va suvni tejab ishlatish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

- Tomchilatib sug‘orish tizimi jahonning qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan ko‘pgina mamlakatlarida ham joriy etilgan bo‘lib, keng jamoatchilik va ilmiy jihatdan intensiv texnologiya deb tan olingan”, deydi Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev. - Tomchilatib sug‘orish texnologiyasida suv o‘simlikning ildiz qatlamiga bir tekisda ta'minlab beriladi. Boshqa usullaridan farqi shundaki, dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi. Bu sug‘orish rejimida o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda suv beriladi. Suv to‘lig‘icha ekinga yetib boradi. Mineral o‘g‘itlarni ham bevosita suvga qo‘shib berish mumkin. Tuproq qotib qolmaganligi bois texnika bilan ishlov berishga zarurat tug‘ilmaydi.
Seminarda tomchilatib sug‘orish bo‘yicha va mutaxassislar tomonidan tavsiyalari tinglandi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 15/05/2024 15:16;   Ko‘rilganligi: 62
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing