Suv xo‘jaligi sohasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari avjida
Ayni kunlarda Samarqand viloyatidagi barcha suv xo‘jaligi inshootlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, joylarda ta'mirlash, obodonlashtirish shuningdek, kanal, zovur va ariqlarda hashar yo‘li bilan tozalash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Tumanlarda ma'muriy binolar, xizmat uylari va barcha inshootlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborilgan.
Jumladan, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Oq-Qoradaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli Ishtixon va Oqdaryo tumanlariga suv yetkazib beruvchi “Yangikent” kanalida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda. Umumiy uzunligi 23.6 km bo‘lgan, suv o‘tkazish quvvati 20 m3/s. ni tashkil etuvchi ushbu kanalda, davlat dasturi asosida jami 9.6 kmni tozzalash rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda kanalning 3 kmdan ziyod qismi to‘liq loyqalardan tozzalandi hamda qo‘l mehnati bilan kanal atroflari bodonlashtirildi. Hozirda “Yangikent” kanalining 6.6 kmda tozzalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shu oyning oxirigacha davlat dasturi bo‘yicha kanalning qolgan qismi ham to‘liq qazilib, loyqalardan ozod qilinadi.
Qolaversa, “Yangikent” kanaldagi 12 dona gidrotexnik inshoot, 17 dona gidropostlarda ta'mirlash, tiklash hamda bo‘yash ishlari bajarilmoqda.
Bugungi kunda viloyatimiz bo‘ylab irrigatsiya sohasida 2022–2023 yillar kuz-qish mavsumida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 11/11/2022 16:49; Ko‘rilganligi: 1058