DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Qadrli yurtdoshlar, aziz suv xo‘jaligi xodimlari!

Barchangizni yangilanish va yasharish, xalqimizning eng aziz hamda ulug‘ bayrami bo‘lgan 21-mart Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etaman!

Har yili Navro‘z ayyomini orziqib kutamiz. Chunki, eng qadimiy, milliy bu bayramimiz timsolida doim ming yillar davomida saqlanib kelayotgan xalqimizning bezavol qadimiy urf-odatlari, udumlari mujassamdir. Navro‘z kelishi bilan tirik mavjudod uyg‘onadi, bahor nafasi jismimizga kuch-quvvat baxsh etadi.
Ona xalqimiz baxtu saodati, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda zafarlar yor bo‘lsin.

Navro‘z ayyomi ona zaminimizga to‘kin-sochinlik, xonadonlarga qut-baraka olib kelsin.

Har kuningiz Navro‘zdek shukuhli va quvonchli bo‘lsin. Oilangizni tinchlik, omonlik, qalbingizni baxt va shodlik aslo tark etmasin.

Ushbu qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin.

F.Radjabov
Zarafshon irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi boshlig‘i.


Oxirgi o‘zgarish: 22/03/2025 12:16;   Ko‘rilganligi: 43
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing