DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

PAYARIQLIK SUVCHILARGA ZAMONAVIY TEXNIKALAR TARQATILDI

Payariq tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tashabbusi bilan sohaviy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sohaning yetakchi mutaxassislari, mahalliy tashkilotlar vakillari hamda suv iste'molchilari ishtirok etdi.

Seminarda Prezidentimizning suv xo‘jaligi sohasiga doir farmon va qarorlari ijrosini ta'minlash, suv resurslarini samarali boshqarish, shaffof hisob-kitob tizimini joriy etish va quyi bo‘g‘inlarni moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

– Bugun suvchilar uchun haqiqiy bayram bo‘ldi, – deydi Payariq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Ibragimov. – Suvchilarni uzoq manzillarga tez yetib borishlari uchun skuterlar, suv hisobini nazorat qilishda esa planshetlar taqdim etildi. Shuningdek, yurtboshimizning tashabbusi bilan zamonaviy ekskavator va soliq manbalari hisobidan betonaqorgich xarid qilindi. Quyi bo‘g‘inlarga qaratilgan e'tibordan minnatdormiz.

Tadbir doirasida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv nazoratchilariga 10 dona zamonaviy skuter, planshet va xizmat kiyimlari tantanali ravishda topshirildi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/05/2025 16:17;   Ko‘rilganligi: 9
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing