PAYARIQDA EKINLARNI SUG‘ORISHDA SUV SARFINI 20 FOIZGA KAMAYTIRUVCHI USULDAN FOYDALANILMOQDA
Zarafshon ITHB mas'ullari Payariq tumanida joylashgan “Bahtiyor nurli bog‘zorlar” hamda “Musobek chorva kompleksi” fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirishdi.

– 38 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlayapmiz, – deydi “Musobek chorva kompleksi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i M.Haydarov. – Hozirgi suv tanqisligi davrida undan samarali foydalanish uchun 6 gektar g‘o‘za maydonida egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishni tashkil etdik. Bu usulda suv sarfi 20 foizgacha kamayadi, o‘qariqlar olinmaydi.
Bunday egiluvchan quvurlardan 50 to‘plam keltirib, tumandagi barcha fermer xo‘jaliklari dalalarida foydalanish rejalashtirilgan.
Shunday amaliy seminarlar Past Darg‘om, Ishtixon va Narpay tumanlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Kiritilgan vaqti: 13/05/2025 15:08; Ko‘rilganligi: 24