DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi tomonidan toifalangan obyekt bo‘lmish Kattaqo‘rg‘on suv omborida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi tomonidan toifalangan obyekt bo‘lmish Kattaqo‘rg‘on suv omborida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning hamda Samarqand viloyat hokimi E.Turdimovning 01-03/16-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi FVDT va FMTFM bo‘limi boshlig‘i kapitan M.Rasulov, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi katta leytenant M.Davronbekov hamda Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Ziyadullayevlar boshchiligida shu sohaga oid 56 nafar mas'ul ishchi-xodimlar ishtirok etdi. 

Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotida 13 ta turli rusumdagi maxsus texnikalar yordamida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda:

  1. Elektr toki urganda 1-tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda bu haqida xabar berish;
  2. Yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chirish guruhi tomonidan 1-navbatda amalga oshirilish lozim bo‘ladigan harakatlar;
  3. Zilzila natijasida Platina yorilishi va suv sizib chiqishini maxsus texnikalar hamda ishchi-xodimlar tomonidan bartaraf etilishi

O‘quv mashg‘ulotlari ko‘rgazmali qurollar bilan amaliy yoritib berildi.

 

Zarafshon МТФБ Matbuot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 27/05/2024 15:46;   Ko‘rilganligi: 75
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing