DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

OAV “SUVLI” NASOS STANSIYASI FAOLIYATLARI BILAN TANISHDI

7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, shuningdek nasos stansiyalar holatini o‘rganish maqsadida OAV vakillari Paxtachi tumanidagi “Suvli” nasos stansiyasida bo‘lishib, uning faoliyati bilan tanishishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Suvli” nasos stansiyasi 2016 yilda to‘liq ta'mirlangan. 4 dona agregatlar bilan jihozlangan. 5600 gektar maydonni suv bilan taminlaydi. Umumiy suv chiqarish qobiliyati 6.0 m3/sekund. Suv ko‘tarish balandligi 75 metrgacha. Bosimli quvur uzunligi 1286 metr (2 qator). Bosimli quvur diametri 2240 mm. “Narpay” knalidan suv oladi. Kuchlanishi 10 kV. Suv oladigan fermerlar soni – 45 ta.     

✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/11/2024 18:22;   Ko‘rilganligi: 17
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing