DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

MEXANIZATORLAR UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Zarafshon ITHB mas'ullari tomonidan “Oq-Qoradaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasida seminar o‘tkazildi.

Seminarda texnikalarga servis xizmatini sifatli tashkil etish va ularni rejali texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ahamiyati hamda kanal va ariqlarni tozalash, gidrotexnika inshootlarini ta'mirlash ishlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tizim tashkilotlari qora va rangli metall xomashyosini topshirish faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi.

Seminar ishtirokchilari bu yerda tashkil etilgan yordamchi xo‘jalik faoliyati bilan ham tanishdilar.

✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/05/2025 16:34;   Ko‘rilganligi: 10
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing