MELIORATORLAR UCHUN SEMINAR O‘TKAZILDI
Paxtachi tumanida Samarqand viloyat Meliorativ ekspeditsiyasi bo‘lim boshliqlari va tumanlardagi ishchi-xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ obyektlarning sifatli ishlashi hamda sizot suvlar monitoringini yuritish, texnika va mexanizmlardan samarali foydalanish va texnika havfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda soz holatda saqlanishini ta'minlash borasida so‘z bordi.
Shuningdek, viloyatda mavjud kuzatuv quduqlarida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sizot suvlari sathi va tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan holda nazorat qilish uchun “Dayver” qurilmalariga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 29/05/2025 15:42; Ko‘rilganligi: 14