MELIORATORLAR BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRMOQDA
Samarqand viloyatida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspeditsiya tomonidan melioratorlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ obyektlarni raqamlashtirish va rasmiylashtirish, ma'lumotlarni tezkor va to‘g‘ri kiritish bo‘yicha muhim ma'lumotlar berildi. Shuningdek, kollektorlar yonida yordamchi xo‘jalik tashkil etish imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 29/05/2025 16:27; Ko‘rilganligi: 10