Maxsus xizmat bo‘limi xodimlari malaka oshirishmoqda
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste'molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-145-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 apreldagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 196-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qarashli barcha tuman irrigatsiya bo‘limlari tarkibida Suv xo‘jaligining maxsus xizmati bo‘limlari tashkil qilingan edi.
Bugungi kunda viloyatimiz bo’yicha ushbu bo‘limlarda 70 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning 24 noyabr sanasidan 30 noyabr sanasigacha Suv xo‘jaligininig maxsus xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlarni o‘qitish maqsadida o‘quv dasturi hamda seminarni tashkil qilish uchun maxsus grafik ishlab chiqildi. Maskur o’quv dasturi bo’yicha maxsus xizmat bo‘limi xodimlari Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining kichik majlislar zalida 6 kun davomida malaka oshirishadi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/11/2022 14:33; Ko‘rilganligi: 1133