KORRUPSIYA– TARAQQIYOTGA G‘OV!
✅ "Ma'naviy va ma'rifiy" soati doirasida Zarafshon ITHBda huquqni muhofaza qiluvchi organ mas'ullari hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

✅Muloqotlar davomida davlat xizmatchisi uchun qo‘yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar ta'kidlab o‘tildi.
✅Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari haqida atroflicha ma'lumot berildi.
✅Shuningdek, poraxo‘rlik, ta'magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 04/03/2025 14:23; Ko‘rilganligi: 27