DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

KAMCHILIKLAR BOR, JAMOA AHILLIK BILAN ULARNI BARTARAF ETISHGA INTILMOQDA

Suv xo‘jaligi sohasidagi yosh, g‘ayratli, tashabbuskor rahbarlardan biri Pastdarg‘om tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori Axror To‘rayev, desak mubolag‘a emas. U 84 kishilik jamoaga boshchilik qilib, sug‘orish mavsumi mashaqqatlarini yengib o‘tish uchun astoydil tirishmoqda.

Pastdarg‘om tumanida 54 ming gektar sug‘oriladigan yer maydoni bor. Kanallarning uzunligi 294 km, ichki sug‘orish tarmoqlari 558 km.
Tashkilotga 1 dona ekskavator berilgan, ilgaridan 1 dona T-28 traktori, tirkamasi, 1 dona avtomobil bor.

Axrorning aytishicha, 264 ta gidropost bo‘lib, yaqinda barchasi attestatsiyadan o‘tkazildi.
Ichki sug‘orish tarmoqlari xatlovdan o‘tkazilmoqda. Hali jarayon yakuniga yetmagan.

Yil boshidan buyon tashkilot balansidagi kanallarning 58 km qismi beton qilindi. Ichki sug‘orish tarmoqlarining 297 km qismi betonlangan.
20 tonna sement, 35 kub metr qum-shag‘al zaxirasi yaratilgan.

Tumanga 2025 yil sug‘orish mavsumi uchun 273,3 mln kub metr suv limiti belgilangan. Bugungi kunda 64 mln kub metr suv olingan.
2025 yil boshidan buyon rivojlantirish jamg‘armasiga 1 mln 161 ming mablag‘ tushgan. Bu ham bo‘lsa 4-5 ta ijara shartnomasi hisobidan.

100 nafar yoshlarga suv fondi yerlari ajratib berilgan.
Suv tejovchi texnologiyalarni 4860 gektar maydonda joriy etish rejasi belgilangan. Amalda 400 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish, 895 gektarda tomchilatib sug‘orish, 500 gektar maydonda diskret sug‘orish joriy qilindi. 500 gektarda egiluvchan quvurlar orqali, 60 gektarda plyonka to‘shab sug‘orish usuli qo‘llanilmoqda.
272 ta “Aqlli suv” qurilmasi o‘rnatilgan. Shundan 236 tasi ishlayapti

Tashkilotga 2025 yil smeta bo‘yicha 4 mlrd 100 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 4-guruhga 1 mlrd 300 million so‘m belgilangan.
Bugungi kunda 1 mlrd 643 mln so‘m ish haqi uchun sarflandi, 4-guruh bo‘yicha 258 mln so‘m ishlatilgan.

Tashkilotda 89 ta shtat birligi bo‘lib, 5 ta ish o‘rni vakant. 8 nafar xodim malaka talabiga javob bermaydi.
Tashkilotda oshxona ishga tushirilgan. Ish kunlari xodimlar shu yerdan tushlik qiladi.

Albatta, Pastdarg‘om tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM faoliyatida kamchiliklar bor, ayrim ko‘rsatkichlari orqada. DM boshlig‘i Axror samimiy, ochiq ko‘ngilli yigit. Muammolarni yashirib o‘tirgani yo‘q.
Eng muhimi, jamoa ahil bo‘lib, unga ergashib, masalalarni hal etishga harakat qilmoqda.

24 may kuni 84 nafar xodimlarga 2 kg tovuq go‘shti, 3 kg piyoz, 10 kg kartoshka, 1 litr yog‘dan iborat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarqatildi. DM rahbari yana bir haftadan so‘ng, hayit bayrami arafasida go‘sht mahsulotlari tarqatish rejalashtirilganligini aytdi.

Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/05/2025 15:48;   Ko‘rilganligi: 10
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing