DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

JOMBOYDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINARLAR TASHKIL ETILDI

✅ Jomboy tumanida joriy yilda 1545 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib, 800 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi.

✅ Jomboy tumanida joriy yilda 1545 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib, 800 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi.

✅ Tumandagi “Eson Turdiyev”  hududida joylashgan “Bek Agro Hosil” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

✅ Tadbirda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5-sonli qarorining mazmun mohiyati, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etishdan asosiy maqsad suvni iste'molchilar kesimida shartnoma asosida yetkazib berish ekanligi, “Suv tekin emas” tamoyili asosida suv iste'molchilarga tushuntirish, olinayotgan suvning hisob-kitobi to‘g‘riligiga alohida mas'uliyat bilan yondashish DM ning har bir ishchi-xodimining vazifasi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida fermer xo‘jaliklari hamda MFY vakillarining takliflari ham tinglandi.

O‘zaro muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.


Kiritilgan vaqti: 13/06/2024 10:39;   Ko‘rilganligi: 200
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing