DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

JOMBOY TUMANIDA AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugun Samarqand viloyatining Jomboy tumanida sug‘orish quduqlari oldida fermerlar, suv iste'molchilari va mas'ul tashkilotlar ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida boshqaruvga berilgan sug‘orish quduqlari faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirish, ushbu mexanizm orqali erishilayotgan natijalarni muhokama qilish va tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.

✅ Seminarda DXSH modeli asosida:
• Sug‘orish infratuzilmasi modernizatsiya qilingani,
• Suv ta'minoti yaxshilangani,
• Energiya tejalayotgani ta'kidlandi.

Ishtirokchilar quduqlarning texnik holati, xizmat ko‘rsatish tartibi, monitoring va nazorat tizimlari bilan yaqindan tanishishdi. Tajriba viloyatning boshqa hududlarida ham joriy qilinishi lozimligi qayd etildi.

Seminar fermerlar va mutaxassislar uchun samarali muloqot va tajriba almashish maydoni bo‘ldi.

✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/05/2025 15:05;   Ko‘rilganligi: 24
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing