ИЖРО ИНТИЗОМИ ВА КАДРЛАР МАСАЛАСИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan bugun “Darg‘om” irrigatsiya tizimi boshqarmasida ijro intizomi hamda kadrlar masalasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab, ijro intizomi haqida so‘z yuritildi. Prezident qaror, farmonlari, hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda ichki hujjatlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutaxassislarning faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
Shuningdek, yig‘ilishda kadrlar va hujjatlar bilan ishlashda barcha darajadagi rahbar-xodimlarning javobgarligini oshirish, tahlil va nazorat ishlarini kuchaytirish hamda ularning shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish zarurligi aytib o‘tildi.
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 21/04/2025 18:09; Ko‘rilganligi: 19