DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

IJRO INTIZOMGA ALOHIDA E'TIBOR QARATILMOQDA

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan bugun Payariq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasida ijro intizomi hamda kadrlar masalasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab, ijro intizomi haqida so‘z yuritildi. Prezident qaror, farmonlari, hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda ichki hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutaxassislarning faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Shuningdek, yig‘ilishda kadrlar va hujjatlar bilan ishlashda barcha darajadagi rahbar-xodimlarning javobgarligini oshirish, tahlil va nazorat ishlarini kuchaytirish hamda ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish zarurligi aytib o‘tildi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/05/2025 16:52;   Ko‘rilganligi: 11
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing