HECh BIR MUROJAAT YECHIMSIZ QOLMAYDI
Past Darg‘om tumani “Istiqbol” mahallasida yashovchi, birinchi guruh nogironi fuqaro Oxun Asadov tumandan oqib o‘tuvchi “Achchi” kanali bo‘yida yer maydoni ajratilishi borasida murojaat qilgan edi.

Ushbu murojaat bo‘yicha Zarafshon ITHB rahbari F.Radjabov tomonidan ishchi guruh tuzilib, murojaat joyida o‘rganildi.
Fuqaroga ijara shartnomasi muddati o‘tganligi, qayta shartnoma tuzish lozim ekanligi aytib o‘tildi.
Shuningdek ushbu yerga “Yashil makon” dasturi doirasida manzarali daraxtlar ekilishi kerakligi, shuningdek, bu yerda hech qanday bino-inshooat qurish mumkin emasligi haqida ma'lumot berib o‘tildi.
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 08/05/2025 17:04; Ko‘rilganligi: 10