FERMERLAR UCHUN SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
Jomboy tumandagi “Mirzo Ulug‘bek” hududida joylashgan “Shuhrat Barakali Zamin” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiyev, Jomboy tumani hokimi X.Nazarov, tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi mutaxassislari, tuman fermerlari, suv tejovchi texnologiyalarni qurish bilan shug‘ullanuvchi pudrat tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida suv tejovchi texnologiyalarining afzalliklari, shartnoma rasmiylashtirish tartiblari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar qamrovini oshirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ilgari surildi.
Tadbir doirasida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv nazoratchilariga 20 dona zamonaviy skuter, planshet va xizmat kiyimlari tantanali ravishda topshirildi.
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 16/05/2025 16:13; Ko‘rilganligi: 12