DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

FAZLIDDIN MURATOV: YANGILANGAN TEXNIKA ISH SAMARADORLIGINI OSHIRDI

Bulung‘ur tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi tomonidan suv soliqlaridan tushgan mablag‘lar hisobiga bitta betonqorgich mashina (mikser) xarid qilindi.

Bulung‘ur tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Fazliddin Muratov mazkur texnika xaridi ish samaradorligini sezilarli darajada oshirganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallar qo‘l mehnati yordamida bir kunda 30-40 metr ariq beton qilinsa, yangi texnika bilan bu ko‘rsatgich 150-200 metrga yetdi.

“Yangi mikser texnikasining kelishi, ishni o‘z vaqtida va samarali bajarishga katta yordam bermoqda. Agar avval faqat 30-40 metr betoning qilinsa, hozirda biz bir kunda 150-200 metrgacha arayiqlarni beton qila olamiz," — dedi Muratov.

✍️ Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 22/03/2025 12:20;   Ko‘rilganligi: 40
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing