EGILUVCHAN QUVUR ISHLAB CHIQARISH JARYOYONI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i D.Kdirbayev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Rustam Plasteks" MCHJda bo‘lib, ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan egiluvchan quvurlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

MCHJ rahbari J.Abdullayev ma'lumot berishicha, 2024 yilda 300 to‘plam egiluvchan quvur fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan bo‘lib, 2025 yilda esa 100 dan ortiq shartnoma tuzilgan.
D.Kdirbayev ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, shuningdek, mahsulot sifatiga alohida e'tibor berish kerakligini ta'kidladi.
Ishchi guruh tomonidan viloyatdagi ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganilishi davom etmoqda.
✍️ Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 22/03/2025 12:11; Ko‘rilganligi: 47