DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

“DAYVER” QURILMALARI O‘RNATISH VA ULARNI BOSQICHMA-BOSQICH SINOVDAN O‘TKAZISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI


Suv resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, aqlli suv, dayver qurilmalarining holati hamda suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik loyixalari buyicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Quyi tizim tashkilot mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminarda asosiy e'tibor “Dayver” qurilmalarini o‘rnatish va ularning holatini nazorat qilishga qaratildi.
Bugungi kunda Meliorativ ekspedisiyasi tomonidan viloyatda mavjud 848 dona kuzatuv quduqlarida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sizot suvlari sathi va tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan holda nazorat qilish uchun “Dayver” qurilmalari bosqichma-bosqich sinovdan o‘tkazish ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, joriy yilda 76 ta “Dayver” qurilmasini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 55 ta qurilma bugunga qadar o‘rnatilgan.

✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/05/2025 15:07;   Ko‘rilganligi: 21
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing