BULUNG‘URLIK SUVCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI
Bulung‘ur tumanida 29 ming gektar sug‘oriladigan ekin maydonlari bor. Ularni sug‘orishga xizmat qiluvchi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida 46 kishi ishlaydi.
Tashkilot rahbari Fazliddin Murotov bilan suhbatlashdik.

2025 yilda tashkilotga 1 dona ekskavator berildi. Soliqdan tushgan mablag‘dan 1 dona betonqorgich sotib olindi. Xodimlarga maxsus kiyim-boshlar va ish jihozlari tarqatildi. Sentyabr oyida 15 dona planshet va 15 dona skuter xarid qilish rejalashtirilgan.
Tumanda 100 ta gidropost bor. Barchasi attestatsiyadan o‘tkazilgan. Yil boshidan buyon 25 ta gidropost jihozlandi, 30 ta reyka sotib olindi.
Tuman hokimining qaroriga muvofiq 23 ta ichki sug‘orish tarmoqlari xatlovdan o‘tkazilib, “Suv yetkazib berish xizmati” DMga biriktirildi.
2024-2025 yillar kuzgi-qishki mavsumda ichki sug‘orish tarmoqlarining 32,5 km qismi mexanizm yordamida, 365 km esa qo‘l kuchi bilan tozalandi. 28 dona gidrotexnik inshoot, 31 dona gidropost va 70 dona suv olish qulog‘i ta'mirlandi.
27,8 km ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlash rejalashtirilgan edi, reja to‘liq bajarildi. Qolgan 64 tonna sement va 45 kub metr qum-shag‘al zaxiraga olindi.
22 may holatiga tumanning suv olish limiti 19 mln kub metr bo‘lib, amalda 16 mln kub metr olingan.
Tumanda jami 1174 ta suv iste'molchilari bo‘lib, shundan 180 tasi tuzilgan shartnomalar platformaga kiritilgan. Qolganlarini kiritish davom ettirilmoqda.
Suv fondi yerlaridan 100 nafar yoshlarga shartnoma asosida yer ajratilib bandligi ta'minlandi.
2025 yilda tumanda 1950 gektar maydonda suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 617 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, 124 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish joriy qilingan, 660 gektar maydon lazerli tekislangan. Egiluvchan quvurlardan foydalanish, egatga plyonka to‘shab sug‘orishni qo‘shib hisoblaganda jami 1770 gektarda suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan.
108 dona “Aqlli suv” qurilmasi o‘rnatilgan. Shundan 76 donasi ma'lumot yubormoqda, 32 ta qurilmada ma'lumot yuborishda uzilishlar bo‘lmoqda.
2025 yil smeta xarajatlarida 6 mlrd 434 mln 875 ming so‘m rejalashtirilgan. Shundan 4-guruhga 3 mlrd 681 million 184 ming so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.
Bugungi kunda 4-guruhga 798 mln 897 ming 400 so‘m pul mablag‘lari sarflangan.
DMda 49 ta shtat birligi bo‘lib, hozirgi kunda 3 ta ish o‘rni vakant, 13 nafar oliy ma'lumot talab etiladigan lavozimlar bo‘lib, shundan 2 nafar xodim malaka talabiga ega emas.
2025 yilning o‘tgan davrida yordamchi xo‘jaliklar hisobidan rivojlantirish jamg‘armasiga 24 million 287 ming so‘m mablag‘ tushirildi.
Xodimlarga 106 mln 364 ming 851 so‘m mukofot puli to‘lab berilgan.
22 may kuni barcha xodimlarga 3 kg tovuq go‘shti, 3 kg kartoshka, 3 kg piyoz, 2 kg karam, 1 litr yog‘dan iborat mahsulotlar tarqatildi.
Axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 23/05/2025 15:52; Ko‘rilganligi: 10