ARIQLARNI BETONLASHTIRISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Oqdaryo tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hisobidagi ichki ariqlarni betonlash ishlari olib borilmoqda. Zarafshon ITHB ma'sullari hamda Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratovlar tumandagi ichki ariqlarni betonlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.
-Oqdaryo tumani irrigatsiya obyektlarida 2024-2025-yil kuz va qish mavsumida 151 km xo‘jalik ichki ariqlarini betonlashtirish ishlari rejalashtirilgan, deydi Oqdaryo tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori O.Abdusamatov. – Ayni kunlarda suv xo‘jaligi tashkiloti xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan Bobur MMTP hududidagi “Eski Turon” arig‘ini betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ishni sifatli bajarish hamda hududlardagi ariqlarni qazish, tozalash va betonlashtirish ishlari barcha fermerlar xo‘jaliklarida keng ko‘lamli olib borilishi yuzasidan mas'ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berdi.
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 25/11/2024 14:37; Ko‘rilganligi: 25