DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

8-Mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tabrik!

Bugun, go‘zal bahor faslida, “8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Siz, aziz opa-singillar, jamiyatimiz ravnaqi, oilalarimiz tinchligi va taraqqiyotida bebaho o‘rin tutasiz. Fidokorona mehnatingiz, mehribon dil va oqilona maslahatlaringiz barchamiz uchun katta baxt va sharafdir.

Suv xo‘jaligi tizimida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarimizga alohida minnatdorchilik bildirib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqsin, yuzingizdan doimo tabassum arimasin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, F.Radjabov


Kiritilgan vaqti: 08/03/2025 12:21;   Ko‘rilganligi: 24
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing