DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

27 iyun –Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Zarafshon ITHB boshlig‘i Baysariyev Alisher Anorbaevichning bayram tabrigi

 

27 iyun –Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Zarafshon ITHB boshlig‘i Baysariyevning bayram tabrigi.

 

 

27 iyun –Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Zarafshon ITHB boshlig‘i А.Baysariyevning bayram tabrigi.

 

Avvalombor, Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, viloyat gazetasi mas'ullarini hamda ushbu sohada ko‘p yillar mehnat qilgan, jonkuyar ijodkorlarini va soha faxriylarini 27 iyun –Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman!

 

Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar jamiyatimizda ro‘y berayotgan voqelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.

 

Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta'min etish uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aynan mana shu  kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko‘ramiz desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

 

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

 

Elu xalqimizning manfaati, kelajagini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishda muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, “Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu - zamon talabi, islohotlarimiz talabi  degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz.

 

Darhaqiqat,  XXI asr –axborot asri!  Bir so‘z bilan aytganda, ayni kunda OAV aholiga tezkor axborot yetkazish, ularning tafakkur doirasini, dunyoqarashini va ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati nihoyatda katta ekanligini hech kim inkor eta olmaydi.

 

Buyuk va muqaddas Vatanimiz – mustaqil O‘zbekiston bugun o‘z mustaqil yo‘li, o‘z so‘zi bilan dunyo hamjamiyati orasida o‘ziga xos mustahkam nufuz hamda mavqeiga ega.

 

Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda olib borilayotgan odilona va xalqparvar siyosatni targ‘ib etadigan qalam ahlining O‘zbekiston taraqqiyotidagi ulushi salmoqli, sharafli, xizmatlari esa samimiy ehtiromga loyiq.

 

Har qanday kasb ezulikka xizmat qilar ekan, xalq nazarida ulug‘vor, jamiyat hayotida qadrlidir.


Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Siz azizlarni, kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, kasbingizdan doim baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deyman!


Zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatingizga muvaffaqiyatlar tilagan holda, barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini ko‘rib yashash nasib etsin!

 


Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2024 09:00;   Ko‘rilganligi: 124
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing