DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

VENGRIYALIK MEHMON “OQ-QORADARYO” GIDROUZELINI BORIB KO‘RDI

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Vengriyaning “Art Work Design Kft” kompaniyasi rahbari Andrash Fedoseev  Samarqand viloyati suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlar bilan tanishdi.

Mehmon Oq-Qoradaryo gidrouzelida o‘rnatilgan raqamli texnologiyalar, xususan, “Aqlli suv” qurilmasi, gidroinshootning avtomatik boshqaruv tizimlarini ko‘zdan kechirdi. Samarqand viloyati suv xo‘jaligi mutaxassislariga sohaga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha o‘z tajribasini gapirib berdi.

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining dispetcherlik xizmatida raqamli texnologiyalar yordamida viloyatning suv xo‘jaligi obyektlarida mavjud suv resurslari hisobini yuritish va ularni samarali boshqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Andrash Fedoseev mazkur jarayonlarga gidrometeorologik stansiya ma'lumotlarini ham o‘zaro bog‘lash bo‘yicha tavsiyalarini bildirdi.

Suvning hisobini aniq va shaffof yuritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasiga binoan 18 576 ta suv xo‘jaligi obyektlarida “Aqlli suv”, 20 270 ta meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarining sizot suvlari sathi va minerallashganlik darajasini “onlayn” nazorat qilish qurilmasi, 1688 ta nasos stansiyalarida suv miqdorini onlayn monitoring qiluvchi hisoblagichlar o‘rnatish hamda 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish belgilangan.

Hozirga qadar suv xo‘jaligi obyektlarida 4 643 ta “Aqlli suv”, 4 452 ta meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarining sizot suvlari sathi va minerallashganlik darajasini “onlayn” nazorat qilish qurilmasi, 1 308 ta ta nasos stansiyalarida suv miqdorini onlayn monitoring qiluvchi hisoblagichlar o‘rnatilib, 31 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarining boshqaruv jarayonlari avtomatlashtirildi.

Jumladan, Samarqand viloyatida 549 ta “Aqlli suv”, 142 ta meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarining sizot suvlari sathi va minerallashganlik darajasini “onlayn” nazorat qilish qurilmasi, 74 ta nasos stansiyalarida suv miqdorini onlayn monitoring qiluvchi hisoblagichlar o‘rnatilib, 4 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarining boshqaruv jarayonlari avtomatlashtirilgan.

Vengriyaning “Art Work Design Kft” kompaniya rahbariga ushbu jarayonlarda ishtirok etish bo‘yicha takliflar bildirildi.


Vazirlik Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/11/2022 18:45;   Ko‘rilganligi: 1147
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing