TOJIKISTONLIK SUVCHILAR SAMARQANDDA
Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy komissiyasi vakillaridan iborat delegatsiya shu kunlarda yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.
Buxoro viloyatidagi “Qorako‘l”, “Amu-Buxoro-1”, “Quyimozor”, “Qiziltepa” nasos stansiyalari faoliyati bilan tanishgan mehmonlar Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi. Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy komissiyasi kotibi Bahrom G‘afforzoda boshchiligidagi delegatsiya a'zolari suv xo‘jaligidagi islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, bu borada Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Ular Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi “Suvli” nasos stansiyasini borib ko‘rdilar. Bu yerda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoit, nasos stansiyasini ishlatish tajribasini o‘rgandilar. Navbatdagi manzil Narpay tumanida joylashgan, 2014 yilda Osiyo Taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobidan qurib, foydalanishga topshirilgan “Narpay” nasos stansiyasida bo‘ldi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand tumanidagi “Navro‘z” nasos stansiyasini ham borib ko‘rdilar. Delegatsiyaning safari davom etmoqda.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 08/11/2022 11:10; Ko‘rilganligi: 763