DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SUV XO‘JALIGI SOHASIDA O‘ZARO HAMKORLIK

Respublikamizda so‘ngi 3 yil davomida suv xo‘jaligi sohasida ham tom ma'nodagi o‘zgarishlar hamda islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 10 iyulida “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 mart 2022 yildagi PQ-144-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini hayotga tadbiq etilganini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

Xabaringiz bor, ko‘pgina mamlakatlar qatori Ozarbayjonda ham qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida suv bilan bog‘liq turli xil muommo va kamchiliklar mavjud. Hududda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan, suv tanqisligi sezilarli darajada oshmoqda. Bu kabi muammolarning oldini olish uni bartaraf qilish uchun esa albatta qo‘shni davlatlar tajribasi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanish kerak bo‘ladi. 

 Shu maqsadda kuni kecha Ozarbayjon Iqtisodiy taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Alekperov Soxib Nuraddin og‘li, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi boshqarma boshlig‘i Miryusuf Umarov hamda “AZPROMO” investitsiya agentligi departamenti direktori Samad Gasanov rahbarligidagi suv xo‘jaligi mutaxassislari Samarqandga kelishdi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazir o‘rinbosari R. Qarshiyev, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F. Radjabov kutib oldi. Shu kuni mehmonlar va viloyatdagi suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari ishtirokida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida yuqori saviyadagi uchrashuv tashkil qilindi.

 Uchrashuvda Ozarbayjon Iqtisodiy taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Alekperov Soxib Nuraddin og‘li so‘zga chiqdi:

-Ozarbaydjonda suv tanqisligi tufayli 2 yil oldin suv muammolariga yechim izlab, sohada yangicha tizimni yo‘lga ko‘yish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan edik. Lekin, natijadorligi biz hohlagandagidek bo‘lmaganligi sababli, yaqin hamkorimiz-O‘zbekiston tajribasini o‘rganishni ma'qul ko‘rdik.

 Siz tanlagan yo‘l va erishgan tajribalaringizdan foydalanib Ozarbaydjon qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan holda suv sarfini bir necha baravarga kamaytirish, tizimni tubdan isloh qilishga kirishmoqchimiz. Buning uchun bizga, do‘stona va amaliy yordamliringizga muhtojmiz.

 O‘zaro muloqot davomida mehmonlar suv xo‘jaligi soxasida mamlakatimizda olib borilayotgan so‘ngi yangiliklar, davlatimiz rahbarining sohaga berayotgan jiddiy e'tibori, qarorlar, farmonlar hamda “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi”ni to‘liq ko‘zdan kechirib, mutaxassislarimizdan tegishli ma'lumotlar olishdi.

  Ozarbayjonliklar O‘zbekistonga suvchilarimiz tajribasini o‘zlarida qo‘llash, buning uchun o‘zaro tajriba almashish, qishloq va suv xo‘jaligida erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishish maqsadida kelishganini yana bir bor takidlab, aynan Samarqand viloyatida suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, DXSH va AKT yo‘nalishlari buyicha erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida qiziqishdi. 

 Uchrashuv davomida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Farhod Radjabov mehmonlar uchun viloyatimizda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar to‘g‘risidagi taqdimot (slayd-shou) orqali ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi. 

 Tadbir so‘ngida Suv xo‘jaligi vazir o‘rinbasari R. Qarshiyev Ozarbayjon delegatsiyasiga o‘z minnaddorchiligini bildirib respublikamiz suv xo‘jaligi sohasi xodimlari nomidan minaddorlik izhor etib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

   

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 13/11/2022 22:43;   Ko‘rilganligi: 647
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing