DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SAMARQANDDA SHVYEYSARIYA TARAQQIYOT VA HAMKORLIK AGENTLIGI TOMONIDAN YANGI LOYIHAGA START BERILDI

Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan “CARITAS” kompaniyasi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazidan iborat Konsorsium “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda boshqarish” loyihasining boshlang‘ich fazasiga start berdi.

Mazkur loyiha suv resurslarini boshqarish jarayonini iqlimga yanada chidamliroq va sektorlararo boshqarishni yo‘lga qo‘yish orqali mahalliy hamjamiyat ishtiroki yordamida suv resurslarini boshqarish salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Loyiha, shuningdek, transchegaraviy hamkorlikni yanada samarali rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Zarafshon daryosi havzasidagi davlatlar va xususiy manfaatdor tomonlarga suv resurslarini samarali va iqlimga chidamli tarzda boshqarishda ishonchli ma'lumotlarga tayanib, suv resurslaridan teng huquqda foydalanishlariga zamin yaratadi. Mas'ullar tomonidan sektorlararo kesimda suv siyosatini isloh qilish, yanada samaraliroq mintaqaviy nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda dalillarga asoslangan baza ko‘rinishidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishadi.

Mazkur loyiha asosida Shveysariyaning “CARITAS” va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan Samarqand shahrida yuqori saviyadagi seminar tashkil qilindi. Hamkorlar tomonidan loyiha ishlanmasi va uning tahlili, bugungi kunda joylarda o‘tkazilgan baholash natijalari bo‘yicha yangilangan ma'lumotlar hamda shveysariyalik mehmonlarning ko‘rgazmali taqdimotlari (slayd-shou) bilan yanada qiziqarli tus oldi. Shuningdek, yana bir muhim masalalardan biri yer osti suvlaridan foydalanish, global iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta'siri, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga e'tibor qaratishdi.

Seminar davomida, masalaga aloqador vazirliklar, viloyat boshqarmalari Tojikiston hamda Shveysariyadan tashrif buyurgan hamkorlarga Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Radjabov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan startegiyasi doirasida Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Tomonlar loyiha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlarni kelishib oldilar.

 

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/11/2022 11:46;   Ko‘rilganligi: 1005
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing