DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

IJRO INTIZOMI VA KADRLAR MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan Ishtixon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida ijro intizomi, yuridik xizmat hamda kadrlar masalasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda dastlab, ijro intizomi haqida so‘z yuritildi. Prezident qaror, farmonlari, hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda ichki hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutaxassislarning faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Shuningdek, yig‘ilishda kadrlar va hujjatlar bilan ishlashda barcha darajadagi rahbar-xodimlarning javobgarligini oshirish, tahlil va nazorat ishlarini kuchaytirish hamda ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish, yuridik tomondan xizmat ko’rsatish zarurligi aytib o‘tildi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/05/2025 15:44;   Ko‘rilganligi: 10
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing