DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Sug‘oriladigan maydon tekislanishi

Sug‘oriladigan maydon tekislanishi natijasida tuproqdagi namlik bir tekisda bo‘ladi, tuproq bir vaqtda yetiladi, ko‘chat to‘liq unib chiqishiga sharoit yaratiladi. Ekinlarga, jumladan g‘o‘za qator oralariga sifatli ishlov berish osonlashadi. 

Tekislanmagan sug‘oriladigan maydonlarda pastqam yerlarning tuprog‘i yetilguncha, boshqa joylarida nam ko‘tarilib, qurib qoladi. Bunday yerlarni kultivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi, natijada ekinni o‘sishi xam bir xilda bo‘lmaydi.

Oqibatda ish sifati pasayadi, yirik-yirik kesaklar paydo bo‘ladi, tuproqning nami tez qochib, yuqorida ta'kidlaganimizdek o‘simlikning rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.


Kiritilgan vaqti: 18/11/2022 11:59;   Ko‘rilganligi: 699
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing