DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

G‘alla parvarishida noyabr va dekabr oylaridagi agrotexnik chora-tadbirlar: sug‘orish

Boshoqli don ekinlar ekilgan maydonlarni zudlik bilan sug‘orish ishlarini sifatli amalga oshirish. Aks holda, urug‘lar tungi salqin nam havoda namlikni o‘ziga olishi hamda kunduzgi issiq ta'sirida namlikni ko‘tarilishi natijasida, ekilgan g‘alla urug‘larini unib chiqish energiyasi pasayadi va nihollar to‘la unib chiqmaydi. 

Unib chiqqan g‘alla nihollari esa nimjon bo‘lib qoladi. Buning natijasida 1 gektar maydondan 1,3 mln. gacha g‘alla niholi kam bo‘ladi yoki g‘allani hosili 10-30 sentnergacha kamayib ketishi mumkin.

Bu yilgi kuz oylarining quruq va iliq kelishi, yog‘ingarchilikning kam bo‘layotgani, suv tanqisligini, suvdan samarali foydalanish maqsadida ko‘ndalang o‘qariqlarni qisqa 50-60 metr uzunlikda olib sug‘orish ishlarini sifatli, ko‘llatmasdan amalga oshirish.


Oxirgi o‘zgarish: 30/11/2022 08:21;   Ko‘rilganligi: 765
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing