Samarqand: Jamg‘armasiga kelib tushayotgan mablag‘lari sarxisob qilindi.

Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi tizim tashkilotlarida “Suv xo‘jaligini moliyalashtirish hamda rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar tushirish masalasi”da “Zarafshon” ITHB boshliq o‘rinbosari X.Xabibov va boshqarmaning bosh xisobchisi raxbarligida quyi tizim tashkilotlarning bosh xisobchilari va iqtisodchi mutaxassislari uchun "Zoom" platformasi orqali seminar tashkil qilindi.

Yig‘ilganlarga, moliyalashtirilgan mablag‘larning to‘g‘ri va samarali sarflanishini nazoratga olish, rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushayotgan pul mablag‘larning tushirilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilganligini, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ya’ni mablag‘larning maqsadli va o‘z vaqtida sarflanishini, rivojlantirish va maxsus xizmat xisob raqamlariga mablag‘ tushirish bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi tanqid ostiga olindi.

Kamchiliklarni bartaraf etmagan quyi tizim tashkilot raxbarlariga intizomiy jazo berilishi bo‘yicha ogоhlantirildi. Shunigdek, tadbir so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar kelishib olindi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati