Chop etilgan sana: 18-Sentabr, 2025-yil 9:50
Bugungi kunda "Yoshlar muammolarini o‘rganish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish hamda ish joylari bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. “Zarafshon” ITHB boshlig‘i A.Boysariyev ham yuqorida ta’kidlaь o‘tilgan masalalar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumaninig “Nomozpolvon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan o‘chrashib, mahalladagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan dildan suxbatlashdi.
Suxbat davomida “Xorijiy megiratsiyadan qaytib kelgan yosh” sifatida qayd qilingan Xodjimurodov Oybek Axror o‘g‘li bugungi kunda norasmiy band bo‘lib, Toshkent shahrida kunlik ishlarda ishlab kelayotgani, topayotgani maoshi o‘zining extiyojlari va Toshkentga borib kelish yo‘l xarajatlariga ham yetmayotgani aniqlandi. Shu yerning o‘zida “Nomozpolvon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda mahallada joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga (kafega) rasmiy xujaatlar asosida ishga joylashtirildi. Shuningdek, mahallada “Muntazam dars qoldiruvchilar” deb qayd qilingan Toshpulatov Asadbek Nodirbek o‘g‘li hamda Xalimova Muxlisa Akbar qiziga “Zarafshon” ITHB boshlig‘i A.Boysariyev tomonidan tushuntirish ishlarini olib borib, yutimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va yangiliklar bilan tanishtirdi.