Chop etilgan sana: 18-Sentabr, 2025-yil 9:44
Nurobod tumani "Olg'a elining maskani ziyo" fermer xo'jaligi dala maydonida suvni tejashning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida, suv xo'jaligi tashkilotlari, ATB Agrobank va fermer xo'jaligi rahbarlari ishtirok etib, "Olg'a elining maskani ziyo" fermer xo'jaligining 200 gektar maydonda keng qamrovli yomg'irlatib sug'orish uskunalarini qurish va montaj ishlarini olib borish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Ushbu fermer xo'jaligi tomonidan 2024 yil hosili uchun 100 gektar maydonda o'z hisobidan keng qamrovli yomg'irlatib sug'orish tizimi joriy etilgan bo'lib, bugungi kunda "suvkredit.uz" platformasidan ajratilgan kredit mablag'lari hisobidan 200 gektar maydonda keng qamrovli yomg'irlatib sug'orish tizimini joriy etish boshlangan.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati