Boshqarma vazifalari va funksiyalari
Havza boshqarmasi o‘z faoliyat ko‘rsatayotgan suv havzasida suv resurslarini boshqarish va foydalanishni tartibga solishda yagona siyosat o‘tkazilishi uchun mas'ul hisoblanadi.
Suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishini tashkil etish;
suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo‘jaligida yagona texnik siyosatini yuritish;
iste'molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta'minlashni tashkil etish;
magistral tizim, irrigatsiya tizimlari va suv ho‘jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta'minlash;
havza xududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
suv iste'molchilari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanishning ishonchli hisobi va hisobotini ta'minlash.
Kiritilgan vaqti: 05/11/2022 09:47; Ko‘rilganligi: 894